Rasman: "Napoli" Ospinaning transfer huquqini sotib oldi

Mirjalol Normatov
4 iyul 2019, 22:23
"Napoli" hamda "Arsenal" matbuot xizmati darvozabon David Ospinaning transferi amalga oshganini tasdiqlashdi.

Neapolliklar darvozabonning transfer huquqini to'liqligicha sotib olish uchun "Arsenal"ga 4 million evro to'ladilar.

Ospina o'tgan mavsumni "Napoli"da ijara asosida o'tkazgandi. U yakunlangan mavsumda jamoasi tarkibida 21 o'yinda 22 gol o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/arsenal