Rasman: “Chelsi” Ziyosh transferini e'lon qildi

24 fev 2020, 08:19
Hakim transferi rasman tasdiqlandi.

Avvalroq “Ayaks” Hakim Ziyoshning 2020 yil yozida “Chelsi”ga o'tishini e'lon qilgandi. Endi bu boradagi e'lonni rasman “Chelsi”ning o'zi ham tasdiqladi. Mavsum so'ngida Hakim Amstyerdam klubini tark etadi va London klubi futbolchisiga aylanadi.

“Chelsi” Ziyosh uchun “Ayaks”ga 40 mln evro to'laydi. Yana 4 mln evro esa bonus sifatida amstyerdamliklarga to'lanishi ko'zda tutilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Челси” расмий сайти