Peres: "Mbappe biz uchun endi yo'q"

Mirjalol Normatov
29 may 2022, 16:16
"Real" prezidenti Florentino Peres YCHLdagi g'alabadan keyin Kilian Mbappe haqidagi savolga javob berdi.

"Hech nima bo'lmadi, shunchaki Mbappe biz uchun endi yo'q. "Real" ideal mavsum o'tkazdi. Mbappe haqidagi gaplar unutildi. Bugungi oqshom bizniki, biz g'oliblikni nishonlashimiz kerak", - dedi Peres.

Eslatib o'tamiz, Kilian "Real"ga o'tishiga bir bahya qolganida qarorini o'zgartirib, PSJda qoldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal