Mbappe: "Peres - butun dunyo va "Real" tarixidagi eng yaxshi prezident"

Sherzod Nurmatov
15 may 2026, 15:40
"Real" hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya chempionatining 36-turidan o'rin olgan "Ovedo" (2:0) bilan bahsdan so'ng jamoani tark etish niyatida emasligini aytdi.

"Men Madridda juda baxtliman. Nima uchun ketishim kerak? Florentino Peres - butun dunyo va klub tarixidagi eng yaxshi prezident. Uning bizdaligi omadimiz. Uning "Real" uchun qilgan ishlarini hech qachon unutmasligimiz kerak", – dedi Mbappe.

"Real" 80 ochko to'plagan va Ispaniya chempionati jadvalida ikkinchi o'rinda turibdi. "Ovedo" esa 29 ochko bilan oxirgi pog'onada.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca