"Paxtakor" joriy mavsumda 100dan ortiq gol urdi

Narzulla Saydullayev
28 okt 2019, 13:31
O'zbekiston Kubogi finalida Dragan Cheran "Sherlar"ning ushbu mavsumdagi 100-golini urishga erishdi.

AGMK darvozasiga finalning 31-daqiqasida kiritilgan to'p "Paxtakor"ning 2019 yil rasmiy bahslarda urgan 100-goliga aylandi. "Paxtakor" Superligada 68, Chempionlar Ligasida 11, O'zbekiston Kubogida 12 va Liga Kubogida 11 to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. Ayni paytda gollar soni 102tani tashkil etmoqda. Yuzlik dovoni 39-uchrashuvda zabt etildi. Klub mavsum yakunigacha chempionatda 4, Liga Kubogida bir o'yinda maydonga tushishini hisobga olinsa, hali bu ko'rsatkich yana o'zgarishi mumkin.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz