"Paxtakor" mavsum boshlanishiga bag'ishlangan matbuot anjumaniga taklif etadi

Narzulla Saydullayev
2 mar 2021, 18:43
2021 yilgi mavsum boshlanishidan avval "Paxtakor" jamoasi bosh murabbiyi Piter Xyuistra bilan matbuot anjumani o'tkaziladi.

Anjuman 4 mart, payshanba kuni soat 11:00da "Paxtakor" stadioni anjumanlar zalida boshlanadi. Unda barcha turdagi OAV xodimlari, mustaqil jurnalistlar va blogerlar ishtirok etishlari mumkin. Matbuot anjumanida barchangizni kutib qolamiz", - deb yozadi "Paxtakor" matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz