"Paxtakor" Piter Xyuistra bilan xayrlashdi

Оқил Абдубарноев
10 yanv 2022
Toshkentning "Paxtakor" klubi jamoamni o'tgan mavsumda boshqargan niderlandiyalik mutaxassis Piter Xyuistra bilan shartnomani uzaytirmadi.

"Paxtakor" klubi tizimida 4,5 yil ishlagan va 2021 yil bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgan Piter Xyuistra bilan shartnoma uzaytirmasligi to'g'risida klub rahbariyati qaror qildi. Shuningdek, mutaxassis bilan birga mehnat qilgan Gocha Tkebuchava va Laslo Yamborga ham klubni tark etadi.

Tez orada jamoaning yangi bosh murabbiyi nomi e'lon qilinishi aytib o'tilgan.

Eshitdik-da! Piter Xyuistra "Paxtakor"ni tark etdi


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Пахтакор" ФК матбуот хизмати