

Farg'onaliklar mazkur bahsda 0:2 hisobida ortda qolayotganiga qaramay, Iskanderovning ikkita penaltidan urgan gollari evaziga durangga erishdi va muddatidan avval mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi.
Uchrashuvdan keyingi intervyuda futbolchi hal qiluvchi penaltini bajarish oldidan hayajonlanganini tan oldi.
"To'g'risi, hayajonlandim. Xudoga shukur, mas'uliyatli vazifani uddaladim", – dedi Iskanderov.
Shuningdek, yarim himoyachi ikkala penaltini ham darvozaning bir tomoniga yo'llash oldindan rejalashtirilganini ma'lum qildi.
"Yo'q, bu o'zimning qarorim edi. Tepishdan avval shunday o'ylab qo'ygan edim. Hammasi yaxshi bo'ldi", – dedi u.
Suhbat davomida Iskanderovdan faoliyatini davom ettirishi va "Paxtakor"ga qaytishi mumkinligi haqida tarqalayotgan mish-mishlar yuzasidan ham so'raldi.
"Hammasini vaqt ko'rsatadi", – deya javob berdi futbolchi.
Eslatib o'tamiz, Jamshid Iskanderov "Dinamo"ga qarshi bahsda 57 va 90+7-daqiqalarda penaltidan gol urib, "Neftchi"ga chempionlikni taminlagan durangni keltirdi. Farg'ona klubi o'z tarixida ettinchi bor O'zbekiston chempioniga aylandi.



