⚡️ Eshitdik-da! Piter Xyuistra yangi mavsumda Superligaga qaytishi mumkin. U ikki klub bilan muzokara o'tkazmoqda

Eldor Akmurzayev
8 noya 2022, 09:45
Niderlandiyalik mutaxassis Piter Xyuistra 2017-2020 yillarda “Paxtakor”da murabbiy yordamchisi bo'lgan va keyingi 2 yil davomida “sherlar” ustozi sifatida ishalgandi.

Saytimizga ma'lum bo'lishicha, 55 yoshli Xyuistra “Metallurg” yoki “Qizilqum” bosh murabbiyiga aylanishi mumkin. Ikkala klub vakillari niderlandiyalik bilan muzokara olib bormoqda.

Superliga tugashiga bir tur qolganda, “Metallurg” turnir jadvalida 32 ochko bilan 9-o'rinda, 36 ochkoga ega “Qizilqum” esa 5-pog'onada turibdi.

Avvalroq, Nikola Lazarevich “Qizilqum”ni tark etib, “So'g'diyona”ni boshqarishga yaqinligi haqida xabar bergandik.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia