O'zbekiston – Suriya. Chiptalar narxi 20 mingdan 40 ming so'mgacha

Narzulla Saydullayev
27 avg 2016, 23:09
O'zbekiston hamda Suriya terma jamoalari o'rtasidagi JCH-2018 3-saralash bosqichi 1-turidan o'rin olgan uchrashuv chiptalari sotuvga chiqarildi.

Mazkur o'yin uchun chiqarilgan chiptalarni uchrashuv bo'lib o'tadigan "Bunyodkor" stadioniga qarashli kassalardan xarid qilish mumkin. O'yinga chiqarilgan chiptalar 3 toifada bo'lib, 1-toifa chiptalar narhi 20 ming, 2-toifa chiptalar narhi 25 ming hamda CIP toifasidani chiptalar narhi 40 ming so'm qilib belgilangan.

Eslatib o'tamiz, JCH-2018 3-saralash bosqichi A guruhi 1-turidan o'rin olgan O'zbekiston hamda Suriya terma jamoalari o'rtasidagi o'yin 1 sentyabr kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com