Bundesliga. "Bavariya" o'z uyida taqibchilaridan biri bo'lmish "Xoffenxaym"ga 5 ta gol urdi

Alisher Ostonov
8 fev 2026
Germaniya Bundesligasi 21-tur doirasidagi "Bavariya" - "Xoffenxaym" o'yini bo'lib o'tdi.

“Bavariya” kutilganidek qiyinchiliksiz g'alabaga erishdi. Xarri Keyn dubl (20-daqiqa, 45 - har ikkisi penaltidan), Luis Dias xet-trik (45+2, 62, 89) qayd etdi. Raqib esa faqatgina Andrey Kramarichning 35-daqiqadagi goli bilan cheklandi. Shuningdek mehmonlar himoyachisi Kevin Akpogumaning 17-daqiqada maydondan chetlatilganini ham qayd etish lozim.

“Bavariya” 21-turdan so'ng 54 ochko bilan birinchi o'rinda bormoqda, eng yaqin taqibchi bo'lmish “Borussiya Dortmund”da ochkolar soni 48 tani tashkil etadi. Uchinchi o'rinda esa 42 ochko bilan “Xoffenxaym” joylashgan.






Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia