"Roma" Tottini texnik direktor etib tayinlamoqchi. Rimliklarning sobiq sardori klubga qaytishga tayyor

Alisher Ostonov
8 fev 2026, 20:04
"Roma" Franchesko Tottini klub texnik direktori etib tayinlash ustida ishlamoqda.

Bu qarorni klub xo'jayini Den Fridkin va uning maslahatchisi Klaudio Raneri qo'llab-quvvatlamoqda.

Tomonlar ma'lum vaqtdan beri ushbu masala bo'yicha faol muloqot olib bormoqda. Tottining o'zi ham "Roma"ga qaytishdan baxtiyor bo'lardi.

Rimliklarning sobiq sardori kiyinish xonasi va klub rahbariyati, shuningdek murabbiy, sport direktori va jamoa bosslari o'rtasida bog'lovchi bo'g'in bo'lishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: Corriere dello Sport