Eron Pro ligasi. O'runov va Sergeev o'ynayotgan "Persepolis" mehmonda mag'lubiyatga uchradi

Alisher Ostonov
8 fev 2026
Eron Pro ligasi 20-tur doirasidagi "Malavan" - "Persepolis" o'yini bo'lib o'tdi.

Mehmonlar safida o'zbekistonlik yarim himoyachi Oston O'runov asosiy tarkibda maydonga tushdi va 61-daqiqada almashtirildi. Hujumchi Igor Sergeev bahsda to'liq harakat qildi. O'yin taqdirini 11-daqiqada mezbonlar o'yinchisi Muhammad Javad Muhammadi tomonidan urilgan gol hal qildi.

"Persepolis" Eron chempionatida 20-turdan so'ng 34 ochko jamg'argan holda to'rtinchi o'rinda, "Malavan" esa 28 ochko bilan ettinchi o'rinda bormoqda.




Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia