Eron Pro ligasi. "Istiqlol" mehmonda g'alabaga erishdi va jadvalda birinchi o'ringa chiqib oldi

Alisher Ostonov
22 fev 2026, 22:32
Eron Pro ligasi 22-tur doirasidagi "Mes Rafsanjan" - "Istiqlol" o'yini bo'lib o'tdi.

Mehmonlar safida himoyachi Rustam Ashurmatov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va to'liq harakat qildi, yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov jarohati sabab bahsni o'tkazib yubordi.

O'yindagi yagona gol 15-daqiqada “Istiqlol” futbolchisi Munir El Haddadi tomonidan urildi.

“Istiqlol” Eron chempionatida 21 o'yindan so'ng 38 ochko jamg'argan holda birinchi o'rinda bormoqda. Eng yaqin taqibchi bo'lmish “Traktor”da ochkolar soni 36 taga teng.





Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia