Odil Ahmedov jarohat oldi

11 may 2016, 22:07
"Krasnodar" hamda O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov Rossiya chempionatining 28-turi doirasidagi "Krilya Sovetov"ga qarshi o'yinda jarohat olib maydonni tark etdi.


Uchrashuvni boshlang'ich tarkibda boshlagan hamyurtimiz Odil Ahmedov o'yinning 14-daqiqasida raqib bilan to'qnashuvdan keyin jarohat oldi va uning o'rniga maydonga Yuriy Gazinskiy tushirildi.

Ahmedovning jarohati qanchalik jiddiy ekanligi hozircha noma'lum.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia