"Eng so'nggi kungacha ushbu jahon chempionatida o'ynay olamanmi- yo'qmi, bunga amin emasdim". Messi - Argentinaning JCH-2026dagi o'yini haqida

9 iyul 2026, 08:25
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi o'z sport formasi va milliy jamoaning 2026 yilgi jahon chempionatidagi ishtiroki haqida gapirdi.

"Men o'zimga eng yuqori talablarni qo'yadigan insonman. Eng so'nggi kungacha ushbu jahon chempionatida o'ynay olamanmi- yo'qmi, bunga amin emasdim, chunki eng yaxshi sport formamda bo'lishni juda istagandim. Xudoga shukur, bunga erisha oldim va jamoamga yordam bera oldim. Bu jamoa mening maydonda bo'lishim uchun o'z harakatlari va men uchun qilgan qurbonliklari bilan imkoniyat yaratib bermoqda", - dedi Messi.

1/4 finalda Argentina terma jamoasi Shveytsariya bilan to'qnash keladi. O'yin 12 iyul kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com