Messi JCH-2026 1/8 finalidagi Argentina - Misr o'yinidan keyin nima uchun yig'laganini tushuntirdi

8 iyul 2026, 07:50
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi jahon chempionati 1/8 finalida Misr terma jamoasi ustidan qozonilgan g'alabadan (3:2, o'yin davomida jamoa 0:2 hisobida yutqazayotgan edi) so'ng nima uchun yig'laganini tushuntirdi.

"Bu quvonch va engillik ko'zyoshlari edi, chunki biz kurashni davom ettirishni istardik. Bu o'yinda sodir bo'lgan voqealar va biz bajarishimiz kerak bo'lgan ulkan mehnat tufayli yuz berdi. Penaltidan gol ura olmaganim uchun o'zimdan juda g'azablangan edim. 0:2 hisobida ortda qolaturib o'ynash oson emas", - deya Messining so'zlarini keltiradi Marca` nashri.

Chorak finalda Argentina terma jamoasi Shveytsariya bilan to'qnash keladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca