Marokash terma jamoasi murabbiyi jamoaning eng yaxshi to'purari Fransiya bilan o'yinni o'tkazib yuborishini tasdiqladi

9 iyul 2026, 09:45
Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi Muhammad Uahbi matbuot anjumanida JCH-2026 chorak finalidan o'rin olgan Fransiyaga qarshi uchrashuvda Ismael Saybari o'ynamasligini tasdiqladi.

Saybari jamoaning eng yaxshi to'purari hisoblanadi. Joriy mundialda u 3 ta gol urishga ulgurdi.

"Saybaridan tashqari barcha safda. Keyinchalik yuz foiz tayyor bo'lganlarni tanlab olamiz. Saybariga kelsak, u ushbu o'yingacha tiklanishga ulgurmaydi. Lekin u turnirdan chiqib ketgani yo'q - har holda, bunga umid qilaman", - deya Uaxbining so'zlarini Foot Mercato jurnalisti Xanif Ben Berkan keltiradi.

Saybari Kanada bilan bo'lgan 1/8 final o'yinida (3:0) jarohat olgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Foot Mercato