

47 yoshli mutaxassis bilan shartnoma 2030 yilgacha mo'ljallangan. Markes ushbu lavozimda jahon chempionati - 2026 dan keyin jamoani tark etgan Xaver Agirrening o'rnini egalladi.
2024 yilning iyul oyida Markes Agirrening yordamchisi sifatida milliy jamoa murabbiylar shtabiga kirgan edi. Bunga qadar u "Barselona B" jamoasida faoliyat yuritgan. Futbolchi sifatida meksikalik himoyachi "Atlas", "Monpele", "Barselona", "Nyu-York Red Bullz" va "Verona" klublarida to'p surgan. Meksika terma jamoasi safida u 148 ta o'yin o'tkazib, 18 ta gol urgan va beshta jahon chempionatida ishtirok etgan.
Meksika terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatida 1/8 finalgacha yetib borib, unda Angliya jamoasiga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.



