

A Bola nashrining xabar berishicha, 71 yoshli mutaxassis bilan shartnoma imzolangani yakshanba, 12 iyul kuni rasman e'lon qilinadi.
Manbaga ko'ra, Jezush bilan to'rt yillik shartnoma imzolanadi. Uning yillik maoshi 4 million evroni tashkil etadi. Bu uning "Al Nacsr" bosh murabbiyi sifatida ishlab topgan maoshidan (12 million evro) ancha kamdir.
Avvalroq Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini ispaniyalik mutaxassis Roberto Martines tark etgan edi. Uning qo'l ostida jamoa JCH-2026ning 1/8 finalida Ispaniyaga (0:1) yutqazib, turnirdagi ishtirokini yakunlagan edi.



