OCHL. "Zob Ahan" – "Lokomotiv" uchrashuvini kim boshqarishi ma'lum bo'ldi

Tolibjon Qosimov
16 fev 2018, 12:21
19 fevral kuni Osiyo Chempionlar Ligasida 2-tur uchrashuvlari start oladi.

O'zbekiston chempioni – “Lokomotiv” bu gal Eronning “Zob Ahan” klubi mehmoni bo'ladi. Mazkur bellashuvni xitoylik hakamlar guruhi boshqaradigan bo'ldi. Bosh hakam – Fu Ming. Unga qanotlarda Huo Veiming hamda Vang Deksin yordam berishadi. To'rtinchi hakam vazifasini esa suriyalik Masud Tufaelich bajaradi.

OCHL-2018
"B" guruhi
. 2-tur
Isfahon (Eron). "Fuladshahr" stadioni
"Zob Ahan" (Eron) – "Lokomotiv" (O'zbekiston)

Bosh hakam: Fu Ming (Xitoy)
Qanot hakamlari: Huo Veiming (Xitoy) va Vang Deksin (Xitoy)
To'rtinchi hakam: Masud Tufaelich (Suriya)
Uchrashuv komissari: Anvarul Huq (Bangladesh)
Hakamlar nazoratchisi: Kadhum Auda Lazim Al Saidi (Iroq)


Ta'kidlab o'tamiz, mazkur bellashuv 19 fevral kuni Isfahondagi “Fuladshahr” stadionida bo'lib o'tadi. O'yinning boshlanish vaqti – 17:30.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: lokomotiv.uz