Oblak "Atletiko" safida LaLiganing 65ta uchrashuvida darvozasini "quruq" saqlab, rekordni takrorladi

Aslanov Jasurbek
27 okt 2019, 17:01
"Atletiko" LaLiganing 10-turida "Atletik"ni taslim etdi.
Yan Oblak ushbu bahsda gol o'tkazmay "Atletiko" safida LaLiga o'yinlarida "quruq" uchrashuv o'tkazish bo'icha klub "matraschilar" sobiq posboni Abel Resino rekordini takrorladi.

Ikkala posbon hisobida 65ta "quruq" o'yin mavjud.

Oblak bu natijaga erishish uchun Resinodan 80ta uchrashuv kam o'tkazdi (163ta bahs).

"Atletiko" 8ta o'yinda 1ta gol o'tkazib yubordi. Oblak darvoza tomon berilgan 19ta aniq zarbaning 18tasini qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca