

Toshkentning "NBU-Osiyo" klubi shu kungacha oliy liga vakillari "Paxtakor" va "Qizilqum" jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazib ikki o'yinda ham durang natija qayd etdi. "Bankchilar" bugun oliy liganing yana bir vakili G'uzorning "Sho'rtan" jamoasiga qarshi navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazadi. Ushbu uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.




