

26 oktyabr kuni Qarshi shahridagi "Markaziy" stadionda "Nasaf" va "Bunyodkor" o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi. O'tgan hafta O'zbekiston kubogi finalida to'qnash kelgan bu ikki klub o'rtasidagi o'yin ko'pchilining qiziqishiga sabab bo'lmoqda. Shu bois SPORT telekanali bu uchrashuvni to'g'ridan-to'g'ri namoyish etishga qaror qildi. Demak, dushanba kuni soat 16:55dan boshlab "Nasaf" - "Bunyodkor" o'yinini SPORT telekanli orqali jonli ravishda tomosha qiling.



