

"To'g'risini aytsam, "Chelsi"ga haddan tashqari baho berilgan deb o'ylayman. Nega ular Kalidu Kulibali bilan shartnoma imzolaganini haligacha tushunmayman. U "taxta" va hech narsa qila olmaydi.
Ularda qoyilmaqom darvozabon yoki ajoyib markaziy hujumchi yo'q. N'Golo Kantening gullab-yashnagan davrini allaqachon ortda qolgan, Jorjino esa umuman hech narsa ko'rsatmaydi. Ularning kuchli to'rtlik uchun kurashishga qodirligiga ko'zim etmayapti.
Yarim himoyada kreativlik yetishmayapti. Meyson Maunt odamlar u haqida noto'g'ri o'ylashayotganini isbotlashi uchun hali ko'p ish qilishi kerak.
Menimcha, tarkibda Grem Potter o'yin uslubiga mos keladigan bironta ham futbolchi yo'q", – dedi Parker.



