MYU Pogbani "Yuventus" futbolchisi bilan almashtirishga tayyor

2 apr 2020, 22:53
Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Matteys de Ligt faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

"Express" nashri xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" rahbariyati hamon de Ligt bilan shartnoma imzolash fikridan qaytgani yo'q. Angliya klubi "Yuventus"ga niderlandiyalik himoyachi uchun Pol Pogbani taklif qilishga tayyor. 

Ma'lumot uchun, joriy mavsum 27 o'yinda maydonga tushgan 20 yoshli de Ligt 2ta gol urishga ham ulgurgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Express