MYU "Chelsi" boshqaruviga kelgan Pottyerdan voz kechgani ma'lum bo'ldi

Sherzod Nurmatov
10 sen 2022, 12:25
"Manchester Yunayted" "Chelsi" bosh murabbiyi Grem Potterga qiziqish bildirgan, deb xabar berdi "Daily Mail".

Manba bergan xabarga ko'ra, mankunianlar mutaxassis nomzodini mart oyida, klub Ralf Rangnikka o'rinbosar qidirayotgan paytda ko'rib chiqqan. Biroq yakunda "Manchester Yunayted" Chempionlar Ligasida tajribasi yo'qligi sababli Potter variantidan voz kechishga qaror qilgan. Natijada klubni Erik ten Hag o'z qo'liga oldi.

Eslatib o'tamiz, 47 yoshli Potter "Chelsi" bilan 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail