Mourinyo Kumanning Depayga aytgan so'zlaridan norozi

Aslanov Jasurbek
19 noya 2016, 18:14
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Everton" ustozi Ronald Kumanning Memfis Depay haqida aytgan so'zlariga javob berdi.

Oldinroq Kuman gollandiyalikni "Everton" safida ko'rmoqchi ekanligini aytgandi.

"Bunday izoh bermagan bo'lardim. Agar kimdir mendan boshqa jamoa futbolchisi haqida so'rasa, javobim aniq: "Bu mening futbolchim emas". O'yinchi boshqa klubga tegishli, boshqa murabbiy bilan ishlaydi.

Agar "Everton" futbolchisi haqida shunday deganimda, menda muammolar bo'lardi" - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal