Moura va Bergveyn jarohat olishdi va "Chelsi"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

Alisher
17 sen 2021, 16:07
"Tottenxem" APL 5-tur doirasidagi "Chelsi"ga qarshi o'yin oldidan yo'qotishlarga duch keldi.

Jarohatlangan hujumchi Son Xyon Minning oldiga braziliyalik Lukas Moura va niderlandiyalik Stiven Bergveyn qo'shildi. Bu uchlikning bo'lajak o'yinda ishtirok etishi so'roq ostida.

Son sentyabr oyi boshida Janubiy Koreya terma jamoasi ixtiyorida jarohat olgan edi, Moura va Bergveyn esa Konferenciyalar Ligasi doirasidagi "Renn" (2:2)ga qarshi o'yinda jarohat olishdi.

Eslatib o'tamiz, "Tottenxem" - "Chelsi" o'yini 19 sentyabrda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: goal.com