"Manchester Siti" "Yuventus" futbolchisi uchun kurashga qaytdi

Alisher
30 iyul 2019, 14:16
Angliyaning "Manchester Siti" klubi "Yuventus" himoyachisi Joau Kanselu uchun yana bir kurashib ko'radi.

Kanselu turinliklar bosh murabbiyi Mauricio Sarrining rejalariga kirmayapti.

Yaqinda u ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar tomonidan hujumga uchradi. Muxlislar uni mavsumoldi tayyogarlik jarayonida bor kuchi bilan ishlamayotganidan nolishgan.

"Manchester Siti" transferlar masalasida shoshilishiga to'g'ri keladi, chunki Angliyada transfer oynasi 9 avgustda yopiladi.

25 yoshli o'yinchi 2018/19 yilgi mavsum "Yuve" libosida 34ta bahsda maydonga tushib, 1ta gol va 8ta assistga erishgan.

Eslatib o'tamiz, Kanselu "Yuventus"dan oldin "Benfika", "Valensiya" va "Inter" klublarida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Italia