Luis Suares: Liverpulning Chempionlar ligasiga chiqqanidan xursandman
Narzulla Saydullayev
21 apr 2014, 08:10
Liverpul hujumchisi Luis Suares Norvich ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:2) YCHLga yo'llanma olinganidan xursandligini ma'lum qildi.
Biz muhim uch ochkoni oldik. Butun jamoa bunga intilayotgandi, biz keyingi mavsum Chempionlar ligasida o'ynaymiz. Sen hech qachon yolg'iz qolmaysan, – deb yozadi urugvaylik futbolchi feysbukdagi rasmiy sahifasida.