Lorisdan so'ng kim Fransiya terma jamoasi sardori bo'ladi?

Aslanov Jasurbek
10 yanv 2023, 01:25
Fransiya terma jamoasida yangi sardorlikka da'vogarlar nomi ma'lum bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, bugun darvozabon Ugo Loris terma jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqida e'lon qilgan edi. Posbon milliy jamoa libosida 145ta bahs, sardorlik bog'ichi bilan 121ta o'yin o'tkazdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, darvozabondan so'ng sardorlik bog'ichiga Rafael Varan, Kilian Mbappe va Antuan Grizmann da'vogarlik qilishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe