"Liverpul" Portugaliya chempionatining eng yaxshi to'purariga qiziqmoqda

Alisher
9 fev 2021, 18:00
Lissabonning "Sporting" klubi yarim himoyachisi Pedru Gonsalveshga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda.

Mersisaydliklar 22 yoshli portugaliyalik futbolchining transferini lissabonliklar bilan yozgi transferlar oynasida muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

Gonsalvesh joriy mavsum Premeyra doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol va 2ta assist qayd etdi. Pedru ayni damda chempionatda eng yaxshi to'purar bo'lib turibdi.

Yarim himoyachi "Sporting"ga 2020 yilning yozida "Famalikan"dan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mirror