“Liverpul” Lovrenni tekinga qo'yib yubormaydi

13 iyul 2020, 09:55
Lovren faqat sotilishi mumkin.

Deyan Lovrenning “Liverpul” bilan shartnomasi kelasi mavsum so'ngida yakunlanadi. Mersisayd klubi Lovrenni erkin agent sifatida ketishini xohlamayapti. Shu boisdan uni yozgi transferlar bozorida sotib yubormoqchi. Lovrenga ayni damda APLning ikki klubi va “Zenit”dan qiziqish borligi aytilmoqda.

31 yoshli himoyachi joriy mavsum “Liverpul” safida 15 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning transferi 16 mln evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal.com