"Liverpul" YCHLdagi favorit jamoa nomini aytdi

Mirjalol Normatov
28 dek 2018, 19:10
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Kloppning fikricha bu mavsumda YCHL bosh sovrinini "Yuventus" qo'lga kiritadi.

"Liverpul" YCHLning 1/8 finalida "Bavariya", "Yuventus" esa "Atletiko" bilan kurash olib boradi.

"Bavariya" juda kuchli raqib hisoblanadi. Biroq men uchun hozirda "Yuventus" barchadan kuchliroqdek ko'rinmoqda. Nafaqat Krishtianu Ronaldu, jamoa tarkibida ko'plab tajribali futbolchilar bor. Ularning katta qismida YCHL sovrinini qo'lga kiritish imkoniyati bor edi. Bu futbolchilar YCHL sovrini uchun barcha ishga tayyorlar. Shunisi yaxshiki, fevralgacha, "Bavariya" borasida o'ylashgacha vaqt bor", - dedi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport