Levandovski: "Agar "Oltin to'p"ni bekor qilib yuborishmasa, sovrinni Benzema qo'lga kiritadi"

Aziz Tukhtamuradov
14 okt 2022, 08:16
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski "Oltin to'p" uchun asosiy da'vogar nomini aytdi.

"Ha, Benzema favoritlar qatorida. Agar taqdirlash marosimini bekor qilib yuborishmasa, ko'rinishidan aynan u sovrinni oladi", - dedi polshalik futbolchi. 

2020 yilda koronavirus sabab "Oltin to'p" xech kimga topshirilmagandi. O'shanda "Bavariya"da to'p tepgan Levandovski ushbu sovrinni qo'lga kiritish uchun eng asosiy da'vogar sifatida qaralgandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Movistar