Kuman Pikening qancha muddatga safdan chiqqanini aytdi

Alisher
25 noya 2020, 18:23
Ispan nashri bo'lmish Marca'da "Barselona" va "Dinamo" (Kiev) jamoalari o'rtasidagi YCHL o'yini oldidan murabbiylarning dialogi chop etildi.

Ronald Kuman suhbatda Jerar Pikening jarohat sabab qancha muddatga safdan chiqqanini aytdi.


Luchesku: Men sizlarning "Atletiko"ga qarshi o'yiningizni ko'rdim, sizlar birinchi bo'limda juda yaxshi o'ynadinglar.

Kuman: Ular mudofaada juda kuchlilar, yaxshi himoyalanishadi.

Luchesku: Ammo sizlarda gol urish imkoniyati bo'ldi

Kuman: Ha, ha. Jarohatlar tufayli omadimiz kelmayapti. Ansu Fati uch oyga "ketdi", Pike 4-5 oyni o'tkazib yuborishi mumkin, Serxi Roberto ikki oy maydonga tushmaydi. Ammo, sizda ham huddi shunday muammolar bor. Bu ahmoqlik.


Eslatib o'tamiz, "Barselona" Kievda "Dinamo"ni 4:0 hisobida mag'lub etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca