APL 35-turi doirasida "Uotford"ga qarshi bahs (1:0)da jarohat olgan "Liverpul" yarim himoyachisi Filippe Koutino mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborishi mumkin.
Bu haqda "Sky Sports" xabar berdi. Manbaning ma'lumotiga ko'ra, braziliyalikda mushaklar bilan muammo bor. Jarohat bilan bog'liq aniq ma'lumot keyinroq ma'lum qilinadi.