"Liverpul" "Milan" hujum chizig'i yetakchisiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
13 fev 2026, 20:15
Kristian Pulishich atrofidagi transfer intrigasi kuchaymoqda.

Jurnalist Nikolo Skira ma'lumotiga ko'ra, "Liverpul" "Milan"ning 27 yoshli hujumchisi bilan bog'liq vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Amaldagi shartnoma 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan bo'lsa-da, Italiya klubi uni bir tomonlama tarzda yana bir mavsumga – 2028 yilgacha uzaytirish huquqiga ega.

Futbolchining o'zi "rossoneri" safida o'zini qulay his qilmoqda, biroq u yaxshiroq shartlar asosida yangi bitim taklifi olishni kutgan. Hozircha uzaytirish bo'yicha rasmiy muzokaralar boshlanmagani ehtimoliy da'vogarlar qiziqishini oshirmoqda.

Pulishich A Seriya ushbu mavsumida barqaror o'yin namoyish qilmoqda: u chempionatda 16 o'yinda 8 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi. Amerikalik o'yinchi Italiya Kubogida ham samarali harakat qildi - 3 o'yinda 2 bor gol urdi.

Pulishich 2023 yilning yozida "Milan"ga o'tgan va qisqa vaqt ichida jamoa hujum chizig'ida muhim figuraga aylangan. Endi esa uning kelajagi yaqin transfer oynasining asosiy mavzularidan biriga aylanishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/NicoSchira