

Uchrashuv "Ordabasi"ning 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Qozog'istonliklar safida Elxan Astanov dubl qayd etgan bo'lsa, Dimitar Mitkov yana bir golga mualliflik qildi. "Burgutlar" safida yagona golni Po'latxo'ja Xoldorxonov kiritdi.

Ma'lumot uchun, "Andijon" o'tgan mavsum O'zbekiston Superligasida 11-o'rinni egallagan bo'lsa, "Ordabasi" Qozog'iston Premer-ligasida 7-pog'onani band etgan.


