

Navbatdagi Jahon chempionati bahslari munosabati bilan yuzaga kelgan qisqa tanaffusdan unumli foydalanishni maqsad qilgan “burgutlar” ayni paytda Belarus poytaxti Minsk shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib bormoqda. Jamoaning xorijdagi tayyorgarlik jarayonida rossiyalik darvozabon Artyom Potapov ham ishtirok etmoqda. Tajribali posbon o'zbekistonlik futbol muxlislariga Tyermizning “Surxon” klubidagi o'yinlari orqali yaxshi tanish.
Ma'lumot uchun, Potapov Supyerligadagi to'xtalishdan so'ng tyermizliklar safini tark etgan edi.




