Klopp: "Liverpul" "Xall Siti"ga qarshi bahsga g'azab bilan chiqishi kerak"

Aslanov Jasurbek
22 sen 2016, 16:31
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Kloppning so'zlariga ko'ra, "Xall Siti"ga qarshi Angliya chempionatining 6-tur bahsi oson bo'lmaydi.

O'yin 24 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.

"Biz maydonga g'azab bilan chiqishimiz kerak, muxlislarning qo'llab-quvvatlashi ham kerak bo'ladi. Jamoamizga qarshi himoyada o'ynashadi va bu mening jahlimni chiqaradi. Bir nimalar o'ylab topishga to'g'ri keladi. "Xall" avtobus qo'yishini bilmayman. Aslida "Chelsi", "Tottenxem"ga qarshi bahslarda bo'sh hududlar kam bo'ldi, ular 10 kishi bo'lib himoyalanishdi" - deydi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror