Kavani "Lill"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
Tolibjon Qosimov
20 dek 2013, 11:30
PSJ hujumchisi Edinson Kavani Fransiya chempionati doirasidagi "Lill"ga qarshi muhim o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.
Urugvaylik futbolchi o'z klubidan ruxsat olib vataniga shaxsiy ishlarini bitirish uchun uchib ketgan. PSJdagilar Kavani yakshanba kungi bahsga qadar Fransiyaga qaytib kela oladimi yoki yo'q bilishmaydi.