JCH-2022 saralashi. Bugun Falastin - Singapur bahsini "Sport TV" jonli ko'rsatadi

Tolibjon Qosimov
3 iyun 2021, 17:04
JCH-2022 saralashi Osiyo qitasida ikkinchi bosqichning hal qiluvchi bahslari boshlanish arafasida.

Har bir guruh alohida bitta mamlakatda markazlashgan tarzda o'tkaziladi. O'zbekiston terma jamoasi joy olgan "D" guruhi bellashuvlari Saudiya Arabistonida o'tishidan xabaringiz bor.

Bugun Ar Riyoddagi uchrashuvlar start oladi. Toshkent vaqti bilan 23:00da Falastin terma jamoasi Singapurga qarshi bahs olib boradi. Agar bugun Singapur yutsa, guruhda 10 ochko bilan ikkinchi o'ringa ko'tarilib olishi mumkin. Agar Falastin yutsa, unda Yaman so'nggi o'ringa tushadi.

Bugun Falastin - Singapur uchrashuvini "Sport" telekanali to'g'ridan-to'g'ri efirda namoyish etadi.

JCH-2022 saralashi

Osiyo qitasi, Ikkinchi bosqich

"D" guruhi, 7-tur

03.06.2021

"King Fahd International stadium", Ar Riyod

23:00. Falastin - Singapur


Eslatib o'tamiz, vakillarimiz 7 iyun sanasida aynan Singapurga qarshi o'ynashadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia