Futzal. Osiyo Kubogi masalasini hal qilib qo'ygan O'zbekiston bugun Tojikiston bilan o'ynaydi (+link)

Eldor Akmurzayev
12 apr 2022, 07:55
Xabaringiz bor, Bishkekda Osiyo Kubogi saralashidan o'rin olgan bahslar bo'lib o'tmoqda.

O'zbekiston futzal termasi dastlabki ikki turda Nepal ham Afg'onistonni engib, muddatidan oldin qita birinchiligiga chiqish masalasini hal qildi.

Bugun, 12 aprel soat 10:00 da start oladigan o'yinda esa Bahodir Ahmedov shogirdlari Tojikiston vakillariga qarshi bahs olib borishadi. Uchrashuvda futzalchilarimiz to'liq oq libosda, darvozabonimiz esa qora libosda harakatlanadi.

Osiyo Kubogi saralashi. 3-tur

O'zbekiston – Tojikiston

10:00, “Gazprom” sport majmuasi, Bishkek.

Jonli efirda ko'rish uchun link


O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати