Futzal. Assotsiatsiya kubogi 24-29 oktyabr kunlari bo'lib o'tadi

Tolibjon Qosimov
17 okt 2016, 11:43
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy chempionatining yangi mavsumi boshlanishiga oz fursat qoldi.

Mavsumga start berilishidan oldin esa, mamlakatimizning professional va havaskor jamoalari o'rtasida ananaviy turnir - O'zbekiston futzal Assotsiatsiyasining Kubogi o'tkaziladi. Ushbu yilgi musobaqada jami 16ta jamoa ishtirok etadi. Jamoalar to'rt guruhga bo'lingan holda g'oliblik uchun kurashga kirishadilar, har bir guruhdan birinchi va ikkinchi pog'onani band etgan klublar pley-off bosqichiga yo'l olishadi.

Musobaqaning qur'a tashlash marosimi 23 oktyabr kuni O'FA binosida bo'lib o'tadi. O'yinlar 24-29 oktyabr kunlari "O'zbekiston" sport majmuasida o'tkaziladi. Eslatib o'tamiz, turnirning amaldagi chempioni - "Ardus" jamoasi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz