FAKT! Vadim Abramov Superligada hali Baoqevni mag'lubiyatga uchratgani yo'q

Aslanov Jasurbek
20 avg 2020, 21:45
Superliga navbatdagi turidan o'rin olgan "Sug'diyona" - "Bunyodkor" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda jangovar durang (3:3) qayd etildi.

Ushbu uchrashuv Vadim Abramov va Ulug'bek Baqoev uchun Superligadagi o'zaro to'rtinchi to'qnashuv bo'ldi. Abramov ilk bor "Neftchi" jamoasi boshqaruvida Baqoev ustozligidagi "Buxoro" bilan bellashgan, unda qo'hna shahar jamoasi 2:1 hisobidagi g'alabani nishonlagan edi. O'tgan mavsumda Vadim Abramov "Bunyodkor" murabbiyi sifatida Baqoev boshqarayotgan "Sug'diyona"ga qarshi ikki bor maydonga chiqdi, birinchi davrada Jizzaxdagi bahsda mezbonlarning qo'li baland kelgan bo'lsa (2:1), ikkinchi davra Toshkentda o'tkazilgan uchrashuvda jamoalar 2:2 hisobidagi murosa ko'chasini tanlashgandi. Demak, umumiy hisobda Abramov Baqoev boshqargan jamoalari bilan Superligada 4ta uchrashuvda ishtirok etib hali g'alaba qozonganicha yo'q. To'g'ri, o'tgan mavsum O'zbekiston kubogida safarda "Sug'diyona"ni 2:1 hisobida yutib turnirdan chiqarib yuborganini ham unutmaslik lozim. O'shanda Shohruh Gadoev so'ngi soniyalarda g'alaba golini urib ketganini ko'pchilik yaxshi esalasa kerak. Murabbiylar o'rtasidagi o'zaro o'yinlarda ustunlik Baqoev tomonida bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia