"ESPN": Sampaoli Argentina terma jamoasini tark etishga tayyor

Tolibjon Qosimov
2 iyul 2018, 21:28
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli o'z lavozimini tark etadi.

"ESPN" nashrining ma'lumotiga ko'ra, qaror shu haftaning o'zida qabul qilinadi. Chorshanba kuni Sampaoli va Argentina futbol federatsiyasi rahbari Klaudio Tapiya o'rtasida uchrashuv o'tkaziladi. Uchrashuv yakunida esa Xorxe o'z joyini tark etadi.

Tomonlar murabbiyning muddatidan oldin ketishi borasida kelishib olishgan.

Oldinroq, Samraoli iste'foga rozi bo'lmasligi va tovon puli talab qilishi mumkinligi aytilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: espn.com