
Gap shundaki, Eronda har bir yigitning harbiy xizmatga borishi majburiy hisoblanadi va bu haqda hukumatning tegishli qarori bor. Aynan ushbu qarorga muvofiq "Fulad" klubidan to'rt nafar futbolchi - Baxtiyor Rahmoni, Sorush Saedi, Sorush Rafei va Shahab Karami harbiy xizmatga jo'nab ketgandi. Biroq mamlakat hukumati bu futbolchilarning yana jamoaga qaytib, OCHLda "Fulad"ga yordam berishiga ruxsat berdi. Endi bu o'yinchilar bemalol OCHLning keyingi bahslarida maydonga tushishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, "Fulad" dastlabki ikki turdan so'ng 3-o'rinda bormoqda va bu jamoa navbatdagi turni o'z maydonida "Al Hilol"ga qarshi o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, "Fulad" dastlabki ikki turdan so'ng 3-o'rinda bormoqda va bu jamoa navbatdagi turni o'z maydonida "Al Hilol"ga qarshi o'tkazadi.