Devis JCH-2022da o'ynaydi, ammo mushak jarohati sabab pauzaga qadar "Bavariya"ning 2ta o'yinini o'tkazib yuboradi

Alisher
6 noya 2022, 15:01
"Bavariya" himoyachisi Alfonso Devis JCH-2022da o'ynashi mumkin.

Myunxen klub matbuot xizmati xabariga ko'ra, futbolchi "Gerta" (3:2)ga qarshi o'yinda olgan son jarohati sabab "Verder" va "Shalke"ga qarshi Bundesliga o'yinlarini o'tkazib yuboradi.

"Bavariya"ning xabariga ko'ra, Devisning Kanada terma jamoasi safida JCH-2022da ishtirok etishi xavf ostida emas.

Eslatib o'tamiz, Kanada mundialdagi ilk o'yinini 23 noyabr kuni Belgiyaga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fcbayern.com